35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bosh maqsad — xalq roziligi: Deputatlar va mutasaddilar "Ali Qushchi" MFYda aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
🏛 "Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
янв.21
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
🚧 Kuhsor MFYda yo'llarni ta'mirlash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Hududlarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🌱 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Nazorat tahlil tadbiri olib borildi

Nazorat tahlil tadbiri olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Ekspertlar guruhi rahbari Y.Umbarov bilan birgalikda "Zartepa" mahallasidagi mavjud qishloq vrachlik punkti (QVP) ta'mirlanish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, obyektda yaratilayotgan sharoitlar hamda belgilangan ishlar ijrosi ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, qurilish hududida obodonlashtirish ishlariga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotganligi, xususan, hududni tartibga keltirish va atrof-muhitni obod qilish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish bilan bir qatorda obodonlashtirish ishlarini ham sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4