Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚖️ Mahalla tizimidagi yangilanishlar: Qonun ustuvorligi va ijtimoiy ko‘mak
янв.21
⚡️ Tadbirkorlikda yashil energiya: Qonun ustuvorligi amalda
янв.21
“DOLZARB 90 KUN”: O‘QUVCHILAR UCHUN GEOLOGIYA BOG‘IGA SAYOHAT TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA YERDAN SAMARALI FOYDALANISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Kitob tumanida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda
янв.21
Aholi farovonligi va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
📌 Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda: “Hamid Olimjon” MFYdagi ishlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
янв.21
📝 Fuqarolar murojaati – doimiy e’tiborda
янв.21
📌 4-“Xalqlar do‘stligi” saylov okrugi deputati G‘.Uzoqov ishtirokida okrug hududidagi mahallalar faollari, ko‘cha boshliqlari hamda yoshlar ishtirokida joriy yilning 6 oylik yakunlari bo‘yicha hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.
#deputatlik_faoliyati

#Deputat_nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 666-sonli "Tashabbusli budjet ("Ochiq budjet") jarayonlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.

📍Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati F.Sarmanov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Abdug'apparova hamda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinovlar O‘rta Chirchiq tumanidagi "Olti o‘g‘il" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.

🔷Ishchi guruh mazkur qaror ijrosi doirasida "Olti o‘g‘il" mahallasida aholi tashabbusi bilan g‘olib deb topilgan va amalga oshirilgan ichki yo‘llarni asfaltlash ishlarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.

📌O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi jihatlarga qaratildi:

-Yotqizilgan asfalt qoplamasining qalinligi, tekisligi va texnik talablarga qay darajada javob berishi;
- Ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda rejalashtirilgan masofaning to‘liq qamrab olinganligi;

❗️"Ochiq budjet" doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarning sifatli yakunlanishi va har bir hududda xalq manfaatlarining to‘liq ta’minlanishi deputatlar nazoratida bo‘lishi takidlandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 2