35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Kitob tumanidagi "Denov" mahallasiga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Hududlarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi
янв.21
🌱 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va "Yettilik" ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
янв.21
📢 Charmgar MFYda aholi muammolari oʻrganilib, qonunchilik targʻiboti oʻtkazildi
янв.21
Tog‘li hududlardagi o‘rganishlar izchil davom etmoqda
янв.21
"Yosh Alangachi" oromgohida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
20-Alaquyliq saylov okrugi deputati D.Raxmonova saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati muhokama qilindi
янв.21
"XALQ BILAN BIRGA": ERTA TURMUSHNING OLDINI OLISH BORASIDA MULOQOT O‘TKAZILDI
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 20-«Qozoyoqli» saylov okrugidan saylangan deputati Musayev Lazizjon Zafarovich o‘z saylov okrugi hududidagi «Alpomish» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida davlat dasturlari ijrosi hamda mahalla tizimidagi xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rgandi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli «Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida mahallada barpo etilayotgan yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, mazkur obyekt pudratchi «TALLAShQON-INVEST» MChJ tomonidan bunyod etilmoqda. Hozirgi kunda qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirgan bo‘lib, ichki pardozlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ulash hamda hududni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Deputat tomonidan qurilish jarayonida loyiha-smeta hujjatlariga qat’iy rioya etish, bajarilayotgan ishlar sifatini doimiy nazorat qilish hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng deputat «Alpomish» mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla xotin-qizlar faolining faoliyatini o‘rgandi. Unda xotin-qizlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, xotin-qizlar faoli tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, «Ayollar daftari» asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, muammoli oilalar bilan individual ishlash, ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish, bandlikni ta’minlash hamda xotin-qizlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar masalalariga oid mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mutasaddilar bilan fikr almashildi.

Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda murojaatlar bilan manzilli ishlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash hamda davlat dasturlari va mahalladagi ijtimoiy loyihalar amalga oshirilishini deputatlik nazorati asosida muntazam monitoring qilib borish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Slide 1 of 7