Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚖️ Mahalla tizimidagi yangilanishlar: Qonun ustuvorligi va ijtimoiy ko‘mak
янв.21
⚡️ Tadbirkorlikda yashil energiya: Qonun ustuvorligi amalda
янв.21
“DOLZARB 90 KUN”: O‘QUVCHILAR UCHUN GEOLOGIYA BOG‘IGA SAYOHAT TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA YERDAN SAMARALI FOYDALANISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Kitob tumanida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda
янв.21
Aholi farovonligi va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
📌 Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda: “Hamid Olimjon” MFYdagi ishlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
янв.21
📝 Fuqarolar murojaati – doimiy e’tiborda
янв.21
📌 4-“Xalqlar do‘stligi” saylov okrugi deputati G‘.Uzoqov ishtirokida okrug hududidagi mahallalar faollari, ko‘cha boshliqlari hamda yoshlar ishtirokida joriy yilning 6 oylik yakunlari bo‘yicha hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.
Sessiya oldi o‘rganish amalga oshirildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-186-son “2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash, skrining va profilaktik tadbirlarni tashkil etish, bemorlarni o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan davolash muassasalariga yo‘naltirish hamda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada muhokama qilinib, qaror qabul qilinadi.

Slide 1 of 2