Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DOLZARB 90 KUN”: O‘QUVCHILAR UCHUN GEOLOGIYA BOG‘IGA SAYOHAT TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA YERDAN SAMARALI FOYDALANISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Kitob tumanida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda
янв.21
Aholi farovonligi va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
📌 Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda: “Hamid Olimjon” MFYdagi ishlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
янв.21
📝 Fuqarolar murojaati – doimiy e’tiborda
янв.21
📌 4-“Xalqlar do‘stligi” saylov okrugi deputati G‘.Uzoqov ishtirokida okrug hududidagi mahallalar faollari, ko‘cha boshliqlari hamda yoshlar ishtirokida joriy yilning 6 oylik yakunlari bo‘yicha hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
"Qizil" va "Sariq" hududlar bilan ishlash strategiyasi
янв.21
Yangi bunyod etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati oʻrganildi
Deputatlik okrugidagi muammolar tuman hokimi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi

Deputatlik okrugidagi muammolar tuman hokimi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan "16-Algoritm" okrugi deputati, tuman hokimi Bunyod Mamadjanov okrug hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilma obyektlari hamda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar joyiga chiqib o‘rganildi.

📝 O‘rganish davomida mutasaddi rahbarlarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Mazkur o‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, tuman IIO FMB boshlig‘i Akmal Baxramov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

📁 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 25-maydagi III-29-42-14-202-K/26-son “Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 395-son “Toshkent shahridagi mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi uchun yanada qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi muhokama qilindi.

↗️ Xususan, Bog‘iston, Farhod, Nurobod va Yangiyo‘l mahallalarini kompleks rivojlantirish ishlari bo‘yicha pudratchi tashkilot oldidagi qarzdorliklarni qoplash hamda qolgan qurilish ishlarini yakunlash uchun ajratilgan 8,8 milliard so‘m mablag‘larning maqsadli va samarali o‘zlashtirilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

📈 Shuningdek, hududdagi 62-oilaviy poliklinikaning kirish qismida o‘rnatilgan lotoklarni tartibga keltirish, noqonuniy tashkil etilgan chiqindilarni yig‘ish maydonchasini bartaraf etish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy inshootlarni qonunchilik asosida tugatish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

🏢 Bundan tashqari, "Diyorobod" mahalla fuqarolar yig‘ini binosining yangi qurilishi jarayoni ko‘zdan kechirilib, qurilish-montaj ishlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan pudratchi tashkilot vakillariga keskin e’tirozlar bildirildi hamda qurilish normalari va sifat talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

📇 O‘rganish yakunida Uchtepa tumani Nogironlar jamiyati faoliyati bilan tanishilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi hamda ularning faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 7