O‘rganish jarayonida muassasada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, o‘t o‘chirish vositalarining mavjudligi va ishga yaroqliligi, evakuatsiya yo‘laklarining holati hamda xodimlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, xavfsizlik talablarini kuchaytirish hamda profilaktik tadbirlarni muntazam yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida muassasada yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish va hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.