Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda: “Hamid Olimjon” MFYdagi ishlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
янв.21
📝 Fuqarolar murojaati – doimiy e’tiborda
янв.21
📌 4-“Xalqlar do‘stligi” saylov okrugi deputati G‘.Uzoqov ishtirokida okrug hududidagi mahallalar faollari, ko‘cha boshliqlari hamda yoshlar ishtirokida joriy yilning 6 oylik yakunlari bo‘yicha hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
"Qizil" va "Sariq" hududlar bilan ishlash strategiyasi
янв.21
Yangi bunyod etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati oʻrganildi
янв.21
🏛 Sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinmoqda
янв.21
PQ-141-sonli qaror ijrosi: “Bogʻbon” MFYdagi maktabda oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 17-Bogʻbon saylov okrugi deputati L.Nosirova, Kengash mutaxassisi J.Ergashev hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O.Nosirov ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar va muloqotlar qizgʻin davom etmoqda.
Doimiy komissiyaning tashabbusi bilan tuman statistika bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Doimiy komissiyaning tashabbusi bilan tuman statistika bo‘limi faoliyati o‘rganildi

🔹 Tuman Kengashlarning doimiy komissiyalari qonunchilikning 19¹-moddasi talablariga muvofiq o‘z tashabbusi bilan hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy ishlarni olib bormoqda.

🔹 Mazkur vakolatlar doirasida xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Z.Xudoyberdiyeva, komissiya a’zolari hamda tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi O.Norbo‘tayevlar tomonidan tuman statistika bo‘limi faoliyati yuzasidan eshituv tashkil etildi.

🔹 Eshituvda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantirish, davlat statistika hisobotlarining to‘liqligi va haqqoniyligini ta’minlash, raqamli ma’lumotlar bazasini yuritish, statistik kuzatuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda murojaatlar bilan ishlash holati atroflicha muhokama qilindi.