Uchrashuv davomida hududdagi ichki ko‘chalarning holati, ko‘chalarni tungi yoritish tizimi, shuningdek, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida mahalla faollari tomonidan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi. Deputat ushbu masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishini, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilanishini hamda ko‘tarilgan masalalarning ijrosi deputatlik nazorati ostida bo‘lishini ta’kidladi.