Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🛣 Ulug‘bek mahallasida ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda: Deputat so‘rovi amalda!
янв.21
Kitob tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
янв.21
Beshariq saylov okrugida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi
янв.21
82-sonli maktabdagi qurilish ishlari mas’ullar va deputat nazoratida
янв.21
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi 3-iyul, soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.

Chilonzor tuman Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan⬇️


🔺Chilonzor tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak ijrosi to‘g‘risida;

🔺Chilonzor tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida;

🔺Chilonzor tumanida 2026-yil “Tashabbusli budjet” jarayonining birinchi mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning birinchi yarim yillik hisoboti to‘g‘risida;

🔺Chilonzor tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasini amalga tatbiq etish orqali yozgi ta’til davrida mahallalarda va umumta’lim maktablarida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

🔺Chilonzor tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda “Ayollar daftari” orqali amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

🔺Chilonzor tumanida “Mening bog‘im” loyihasi doirasida Chilonzor tumani “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil bog” tashkil etish to‘g‘risida;

🔺Chilonzor tumanida besh muhim tashabbus doirasida futbol va mini futbol bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi”, kurash bo‘yicha “Prokuror kubogi”, voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi”, stol tennis bo‘yicha “Soliq qo‘mitasi kubogi” hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarini tuman bosqichini o‘tkazish, g‘olib va sovrindorlarni rag‘batlantirish to‘g‘risida;

🔺Chilonzor tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida;

🔺Tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining hududda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish borasidagi faoliyati to‘g‘risida;

🔺Chilonzor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirining ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish borasidagi faoliyati to‘g‘risida;

🔺O‘zbekiston Respublikasining 15.06.2026 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g’risida”gi O‘RQ-1153-son Qonunining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

🔺Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yilning II -choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berishining reja-jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar .

Ushbu masalalar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlarining hisobot va axborotlari deputatlar tomonidan sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Slide 1 of 1