Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PQ-141-sonli qaror ijrosi: “Bogʻbon” MFYdagi maktabda oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 17-Bogʻbon saylov okrugi deputati L.Nosirova, Kengash mutaxassisi J.Ergashev hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O.Nosirov ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar va muloqotlar qizgʻin davom etmoqda.
янв.21
🛣 Ulug‘bek mahallasida ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda: Deputat so‘rovi amalda!
янв.21
Kitob tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
янв.21
Beshariq saylov okrugida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🔹 Deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “G‘ambur” mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda ularni hal etish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

♻️ Shu bilan birga, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ-539-son Qonunining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishning afzalliklari hamda ushbu yo‘nalishda yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Slide 1 of 4