Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Qizil" va "Sariq" hududlar bilan ishlash strategiyasi
янв.21
Yangi bunyod etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati oʻrganildi
янв.21
🏛 Sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinmoqda
янв.21
PQ-141-sonli qaror ijrosi: “Bogʻbon” MFYdagi maktabda oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 17-Bogʻbon saylov okrugi deputati L.Nosirova, Kengash mutaxassisi J.Ergashev hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O.Nosirov ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar va muloqotlar qizgʻin davom etmoqda.
янв.21
🛣 Ulug‘bek mahallasida ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda: Deputat so‘rovi amalda!
янв.21
Kitob tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
янв.21
Beshariq saylov okrugida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Ta’lim muassasasidagi qurilish ishlari deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori asosida Pastdarg‘om tumanida ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish va yangi binolar qurish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Esaboy MFYdagi 43-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha 240 o‘rinli o‘quv binosi qurish loyihasi doirasida qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Altibayeva mazkur obyektda bo‘lib, qurilish ishlari jarayoni bilan tanishdi.

O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha talablariga muvofiqligi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur loyiha maktab o‘quv quvvatini oshirish, ta’lim sifati uchun zarur infratuzilmani mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4