Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda: “Hamid Olimjon” MFYdagi ishlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
янв.21
📝 Fuqarolar murojaati – doimiy e’tiborda
янв.21
📌 4-“Xalqlar do‘stligi” saylov okrugi deputati G‘.Uzoqov ishtirokida okrug hududidagi mahallalar faollari, ko‘cha boshliqlari hamda yoshlar ishtirokida joriy yilning 6 oylik yakunlari bo‘yicha hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
"Qizil" va "Sariq" hududlar bilan ishlash strategiyasi
янв.21
Yangi bunyod etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati oʻrganildi
янв.21
🏛 Sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinmoqda
янв.21
PQ-141-sonli qaror ijrosi: “Bogʻbon” MFYdagi maktabda oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 17-Bogʻbon saylov okrugi deputati L.Nosirova, Kengash mutaxassisi J.Ergashev hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O.Nosirov ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar va muloqotlar qizgʻin davom etmoqda.
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan Termiz tumani “Qo‘ng‘irot” mahallasida joylashgan 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining futbol va voleybol maydonlari holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida mazkur sport maydonlari bugungi kun talablariga javob bermasligi, bu esa o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda musobaqalarni munosib sharoitda o‘tkazish imkoniyatlarini cheklayotgani aniqlandi.

Shu munosabat bilan maktabning futbol va voleybol maydonlarini zamonaviy sun’iy chim qoplamali stadion va sport maydoniga aylantirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish hamda ushbu masalani tegishli dasturlar doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan deputatlik so‘rovi yo‘llandi.

Deputatlik so‘rovida mazkur masala bo‘yicha ko‘rilgan choralar va qabul qilingan qarorlar haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.

Slide 1 of 2