Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Qizil" va "Sariq" hududlar bilan ishlash strategiyasi
янв.21
Yangi bunyod etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati oʻrganildi
янв.21
🏛 Sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinmoqda
янв.21
PQ-141-sonli qaror ijrosi: “Bogʻbon” MFYdagi maktabda oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 17-Bogʻbon saylov okrugi deputati L.Nosirova, Kengash mutaxassisi J.Ergashev hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O.Nosirov ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar va muloqotlar qizgʻin davom etmoqda.
янв.21
🛣 Ulug‘bek mahallasida ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda: Deputat so‘rovi amalda!
янв.21
Kitob tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
янв.21
Beshariq saylov okrugida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi holati deputat nazoratida o‘rganildi

Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi holati deputat nazoratida o‘rganildi

📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari bo‘yicha biriktirilgan vazifalar ijrosi doirasida mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarning tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿 Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar doirasida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 12-Nazarbek saylov okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovich tomonidan Chamanzor mahallasi hududida joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🗂 Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-939-son "Elektr energetikasi to‘g‘risida"gi Qonuni talablaridan kelib chiqib tashkil etildi. Qonunda elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, elektr tarmoqlarining ishonchli va xavfsiz faoliyatini ta’minlash hamda iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan.
O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan ko‘p yillik daraxtlarning elektr simyog‘ochlariga tegib qolishi oqibatida eski kabellarning bir-biriga tutashib, qisqa tutashuvlar yuzaga kelayotgani hamda bu holat aholi uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani yuzasidan bildirilgan murojaatlar joyida ko‘rib chiqildi.

📆 Muammoni joyida o‘rganish jarayonida tuman Ekologiya bo‘limi, tuman elektr ta’minoti korxonasi hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari bilan birgalikda aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. O‘rganish davomida ko‘chalardagi eski kabellar zamonaviy SIP tizimidagi kabellarga almashtirilgani hamda yangi transformator punkti (TP) o‘rnatilgani ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, mazkur elektr tarmoqlari hali foydalanishga topshirilmagani va amaldagi elektr tarmog‘iga ulanmagani aniqlandi. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan ushbu tarmoqlarni elektr tizimiga ulash ishlari joriy yilning sentabr oyida amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

✅ Shuningdek, elektr simlariga tegib turgan daraxtlarni butalash masalasi ham muhokama qilinib, Chamanzor mahallasi mas’ullariga belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi orqali tegishli arizalarni rasmiylashtirish tavsiya etildi.

📇 O‘rganishda Chamanzor mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi Mirusmon Yunusov, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

📊 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan barcha masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash, daraxtlarni belgilangan tartibda butalash, ko‘chalarni xavfsiz va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda aholi uchun qulay infratuzilmani yaratishga qaratilgan ishlarning ijrosi shaxsan deputat nazoratiga olindi.

🔼 Mazkur o‘rganish natijalari asosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Chamanzor mahallasida elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, favqulodda holatlarning oldini olish, ko‘chalarning xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6