Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati N.Narxadjayeva kotibiyat ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ijtimoiy muammolarni o‘rganish hamda hududlarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini monitoring qilish maqsadida “Yangiobod” mahallasida joylashgan 33-umumta’lim maktabida bo‘ldi.

O‘rganish davomida mazkur ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Ma’lum qilinishicha, obyekt “Bunyodkor stroy” MCHJ tomonidan bunyod etilayotgan bo‘lib, loyiha doirasida 220 o‘rinli zamonaviy o‘quv maskani qurilmoqda.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan qurilish ishlari belgilangan reja asosida davom etayotgani hamda obyektni joriy yilning 25-avgust sanasida foydalanishga topshirish rejalashtirilgani bildirildi.

Deputat tomonidan qurilish ishlarining sifati, belgilangan me’yor va talablar asosida olib borilishi, shuningdek, obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3