Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan fuqarolar murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida “Sadoqat” mahalla fuqarolar yig‘inining Sadoqat ko‘chasi 15-uyida istiqomat qiluvchi fuqaro Sattorov Murat Rahmonovichga tegishli xonadonning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammo ko‘tarilgan.

Murojaatda fuqaro bir necha yillardan buyon uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtira olmayotgani, mazkur masalada amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi qayd etilgan. Shu munosabat bilan tegishli tashkilotlardan qonunchilik doirasida amaliy ko‘mak berish hamda murojaatni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish so‘ralgan.

Deputat tomonidan mazkur masala joyiga chiqib o‘rganilib, fuqaroning murojaati asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati tartibida rasmiy so‘rov yuborildi.

Ta’kidlanganidek, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni amaliy hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2