Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
“Yoshlar kuni” munosabati bilan deputat yoshlar bilan uchrashib, ularning qiziqishlari bilan tanishdi.

Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlar Kengashi tuman kotibiyat mutaxassisi Sh.Tog’ayev, 19-Xo’jaubbon saylov okrugi deputati R.Atoyeva hamda "MADAD" NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayev tashabbusi bilan yoshlar bilan keng qamrovli va mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv yosh avlodni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning fikr va tashabbuslarini tinglash, shuningdek, jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratildi.

Tadbir davomida deputat yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning qiziqishlari, orzu-intilishlari, ta’lim olish, kasb tanlash va tadbirkorlikka kirib kelish borasidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va muammolar diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko’rish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport, san’at va madaniyatga bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash, axborot texnologiyalarini o’rganish hamda zamonaviy kasb-hunarlarga yo’naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat dasturlari va imtiyozlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv jarayonida faol va tashabbuskor yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etilib, ularning yutuqlari boshqa tengdoshlariga ibrat sifatida ko’rsatildi. Yoshlar o’z fikr va takliflarini erkin bayon etib, deputat bilan samarali muloqot o’rnatish imkoniga ega bo’ldilar.

Tadbir yakunida yoshlarga o’z salohiyatlarini to’liq ro’yobga chiqarish, bilim va ko’nikmalarini muntazam oshirish, jamiyatda faol fuqarolik pozisiyasini egallash hamda yurt ravnaqiga munosib hissa qo’shish borasida muhim tavsiyalar berildi. Mazkur uchrashuv yoshlar uchun nafaqat muloqot, balki yangi g’oya va tashabbuslar uchun ilhom manbai bo’lib xizmat qildi.

 
 

Slide 1 of 1