Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Qizil" va "Sariq" hududlar bilan ishlash strategiyasi
янв.21
Yangi bunyod etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati oʻrganildi
янв.21
🏛 Sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinmoqda
янв.21
PQ-141-sonli qaror ijrosi: “Bogʻbon” MFYdagi maktabda oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navo barqarorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 17-Bogʻbon saylov okrugi deputati L.Nosirova, Kengash mutaxassisi J.Ergashev hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O.Nosirov ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar va muloqotlar qizgʻin davom etmoqda.
янв.21
🛣 Ulug‘bek mahallasida ichki yo‘llar asfalt qilinmoqda: Deputat so‘rovi amalda!
янв.21
Kitob tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
янв.21
Beshariq saylov okrugida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Samarali tomorqa — barqaror daromad

Samarali tomorqa — barqaror daromad

🏡 Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-Qorabog‘ saylov okrugi deputati R.Toshturdiyev tomonidan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-680-sonli Qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi xodimlari ishtirokida targ‘ibot ishlari olib borildi.

📌 Tadbir davomida ishtirokchilarga mazkur qonunning mazmun-mohiyati, uning amaldagi ahamiyati hamda aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish va oilaviy daromadlarni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

🤝 Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar hamda sohadagi mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.