Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Chinoz tumaniMahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi holati o'rganildi

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi holati o'rganildi 

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining O‘zLiDeP partiyasidan 18–Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Abduvohid Turdiboyev Kengashining ish rejasiga muvofiq, tumandagi "Sutbuloq" mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar holati tahlil qilindi. Xususan, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishga qaratilgan tashabbuslarning natijadorligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlar bandligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1