Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
5-DMTT va “Obod” ko‘chasidagi ichimlik suvi tizimidagi muammolar o‘rganildi va bartaraf etish choralari belgilandi

5-DMTT va “Obod” ko‘chasidagi ichimlik suvi tizimidagi muammolar o‘rganildi va bartaraf etish choralari belgilandi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S. Nazarova hamda kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan “Kelajak” MFY hududidagi aniqlangan muammolarni bartaraf etsih yuzasidan. yani:

O‘rganish jarayonida ichimlik suvi tizimida muammo mavjudligi aniqlanib, suv quvuri o‘tkazilishi natijasida suv yuqoridan pastga yo‘nalishda harakatlanib, bog‘cha hududiga yetib bormayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur muammoni bartaraf etish uchun bog‘cha hududiga qarab yo‘naltiruvchi ventil o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, “Obod” ko‘chasida ichimlik suvi quvurida 2 ta joyda, taxminan 50 metr oraliqda yorilish holatlari aniqlangan. Ulardan biri asfalt yo‘lning yon qismida, ikkinchisi esa asfalt ostida joylashgan bo‘lib, suv bosimi oshganda suv yuzaga chiqib ketayotgani, natijada asfalt qoplamasining zararlanishi va avtomobillar harakati paytida yo‘lning buzilish xavfi mavjudligi qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutaxassislar jalb qilinib, joyida o‘rganish ishlari olib borildi hamda zarur tavsiyalar berildi. Muammolarni tezkor hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5