Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“DOLZARB 90 KUN”: O‘QUVCHILAR UCHUN GEOLOGIYA BOG‘IGA SAYOHAT TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA YERDAN SAMARALI FOYDALANISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Kitob tumanida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda
янв.21
Aholi farovonligi va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
📌 Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda: “Hamid Olimjon” MFYdagi ishlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
янв.21
📝 Fuqarolar murojaati – doimiy e’tiborda
янв.21
📌 4-“Xalqlar do‘stligi” saylov okrugi deputati G‘.Uzoqov ishtirokida okrug hududidagi mahallalar faollari, ko‘cha boshliqlari hamda yoshlar ishtirokida joriy yilning 6 oylik yakunlari bo‘yicha hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
"Qizil" va "Sariq" hududlar bilan ishlash strategiyasi
янв.21
Yangi bunyod etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati oʻrganildi
INFRATUZILMA VA TADBIRKORLIK: YANGIOBOD MAHALLASIDA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH CHORALARI KO‘RILMOQDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro’ziboyev va shahar hokimi B.Radjapovlar shahardagi Yangiobod mahallasidagi drayver loyihalarining borishini o’rgandilar. Jumladan, mahalla hududidan kesib o‘tgan zovurni yopiq drenaj tizimiga o‘tkazish va bo‘shagan maydonlarda zamonaviy tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

O‘rganish davomida ushbu loyiha nafaqat hududning sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilash, balki yerosti sizot suvlari sathini pasaytirish orqali aholi xonadonlari poydevori mustahkamligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Zovur ustida tashkil etiladigan savdo va xizmat ko‘rsatish
nuqtalari hisobiga o‘nlab yangi ish o‘rinlari yaratish, shu orqali mahalladagi ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2