Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
DEPUTAT NAZORATI

Sardoba tumanida pillachilikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, Xalqobod mahallasida fermer xo‘jaliklari tomonidan pilla parvarishlash ishlari uyushqoqlik va mas’uliyat bilan olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati N.Xamidova ushbu jarayonlar bilan yaqindan tanishib, pilla yetishtirishdagi sharoitlar, parvarish ishlari hamda fermerlar faoliyatini o‘rgandi. Suhbatlar davomida soha vakillari tomonidan pillachilikni yana-da rivojlantirish, mahsuldorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Qayd etilganidek, pillachilik nafaqat qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i, balki aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda ham katta ahamiyatga ega. Shu bois, bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash, fermerlarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunday ezgu sa’y-harakatlar hududda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, qishloq aholisining farovonligini oshirish hamda milliy ipakchilik an’analarini yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2