Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida issiqxona tashkil etish holati o‘rganildi

#tavsiyalar_asosida

Bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida issiqxona tashkil etish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan Mirzo Ulug'bek mahalla fuqarolar yig'ini hududdagi bo‘sh yer maydonlaridan oqilona foydalanish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xususan, ushbu maydonlarda issiqxonalar tashkil etish, yer resurslaridan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida issiqxona tashkil etish uchun mavjud sharoitlar, infratuzilma imkoniyatlari hamda aholining ushbu yo‘nalishdagi faolligi tahlil qilindi. Shuningdek, davlat tomonidan ajratilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanish darajasi ham ko‘rib chiqildi.

Mas’ullar tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati yuzasidan aniq savollar berildi hamda tegishli ma’lumotlar tinglandi. Tashrif davomida yer maydonlaridan unumli foydalanish, issiqxona faoliyatini kengaytirish va aholining daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 3