Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Saxovat va e’tibor: deputat tomonidan bemorlarga ko‘mak

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi 5-Bog‘ora saylov okrugi deputati E.Nazarov tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

 Jumladan, navbatdagi fuqarolar qabuli davomida tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bir qator fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatlar asosida ularni malakali shifokor ko‘rigidan o‘tkazish, zarur tibbiy maslahatlar berish hamda davolanish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, qabul jarayonida fuqarolarning salomatligini tiklashga qaratilgan amaliy yordam ko‘rsatilib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Aholi murojaatlariga tezkorlik bilan javob qaytarish, inson manfaatlarini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasidagi bu kabi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1