Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
"KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI" DASTURI: DEPUTAT NAZORATI VA AMALIY KO‘MAK

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayev Kambag'allikdan farovonlik sari dasturi doirasida shahardagi "Tozabog‘" mahallasidagi bir guruh extiyojmand oilalar vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida dastur doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, xususan, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini yaratish va bandligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Fuqarolar bilan suhbat jarayonida deputat R.Baltayev har bir oilaning yashash sharoiti, muammolari va takliflarini yakka tartibda tingladi. 

Uchrashuv yakunida deputat R.Baltayev shunchaki moddiy yordam berish emas, balki oilalarni "oyoqqa turg‘azish", ularning o‘z daromadlariga ega bo‘lishi uchun sharoit yaratish asosiy maqsad ekanligini ta’kidladi. Aniqlangan muammolar yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik
so‘rovlari yuborilishi va har bir murojaat natijasi shaxsan nazorat qilinishi belgilab olindi.
 

Slide 1 of 3