Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Kengash faoliyati

 Navbatdagi sessiya oldidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Ma’lumki,
doimiy komissiyalar o‘z vakolatlari doirasida qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, “yo‘l xaritalari”,
turli loyihalar hamda mahalliy Kengash qarorlari ijrosini o‘rganib, ularni muhokamaga
kiritish vazifasini amalga oshiradi.
 

Ushbu
vakolatlardan kelib chiqib, 2026 yil 22 aprel kuni Xalq deputatlari Ohangaron tuman
Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar
masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat Nazira Raxmanova hamda tuman
Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida deputatlik nazorati tartibida o‘rganish
ishlari olib borildi.
 

Mazkur
o‘rganish tuman Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, navbatdagi
sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan tashkil etildi.
Xususan, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan mahalliy byudjetning qo‘shimcha
mablag‘laridan samarali foydalanish, ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi
hamda amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha o‘rganildi.
 

Shuningdek,
o‘rganish davomida tuman Sport ishlari bo‘limi boshlig‘i Sardor Mardonov tomonidan
2026 yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot
taqdim etildi. Unda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ommaviy
sportni rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda sport infratuzilmasini
yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
 

O‘rganish
natijalariga ko‘ra, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, byudjet
mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash, shuningdek aholi o‘rtasida sog‘lom
turmush tarzini keng targ‘ib etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab
chiqildi.
  

Mazkur
o‘rganish ishlari tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy byudjet mablag‘laridan
oqilona foydalanish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi muqarrar.
  

Slide 1 of 6