Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Aholi bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa.

Aholi bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa. 

🏛Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputati, Kotibiyat mudiri Vaisov Mash’al Islomovich tomonidan o‘zi saylangan okrug — 

✅Munis-Xorazmiy mahallasida Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📝O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish hamda ularning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, mahalla hokim yordamchisi tomonidan ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida samarali ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

❗️Jumladan, Munis-Xorazmiy mahallasi Tadbirkor ko‘chasi 54-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Masharipov Murod Ro‘zimovichning bandligini ta’minlash maqsadida unga yuk mototsikli olib berishda amaliy yordam ko‘rsatilgani alohida ta’kidlandi. Mazkur ko‘mak fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishiga, barqaror daromad topishiga xizmat qilmoqda.

📁Mazkur o‘rganishlar davomida aniqlangan ijobiy tajribalarni kengaytirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi bandligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📆Shu kabi amaliy ishlar orqali mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholining turmush darajasini yaxshilashga erishilmoqda.

Slide 1 of 1