Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
📌 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati ishtirokida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔹 Nurobod tumanining Qo‘rg‘oncha mahallasida aholi bilan muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Xushvaqtov, “Inson” ijtimoiy xizmatlari tuman bo‘limi boshlig‘i B.Shukurov hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari T.Hushmuratovlar ishtirok etdilar.

🔹 Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2026-yil 13-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Xususan, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 8-sentyabrdagi “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-444-sonli Qonunining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirildi. 

🔹 Qonun talablariga muvofiq, bolalarni zararli axborot ta’siridan asrash, ularning ma’naviy-axloqiy kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning oldini olish muhimligi ta’kidlandi.

🔹 Uchrashuv yakunida fuqarolarning fikr-mulohazalari eshitilib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda ayrim murojaatlar ijro uchun mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.

🔹 Учрашув якунида фуқароларнинг фикр-мулоҳазалари эшитилиб, уларни қийнаётган масалалар юзасидан тегишли тушунтиришлар берилди ҳамда айрим мурожаатлар ижро учун масъул ташкилотларга йўналтирилди.

Slide 1 of 3