Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir toifadagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov tomonidan og‘ir toifadagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvlar hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish va mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida tashkil etildi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar diqqat bilan tinglanib, ularning har biri yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Xususan, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, aholining daromad manbalarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahallalarni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash kabi dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan ham fikr almashildi. Kengash raisi ushbu ishlarni tizimli tashkil etish orqali mahallalarda yanada qulay va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish zarurligini ta’kidladi. Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, joylardagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. 

Slide 1 of 5