Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
Xalq deputatlari Paxtakor tumani kotibiyati mudiri, deputat K.Mamanova tumandagi 15-umumta’lim maktabining qurilish obyektida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mazkur maktab “Suvonobod” MFY hududida joylashgan bo‘lib, dastlab 1968-yilda moslashtirilgan binoda 120 o‘rinli qilib tashkil etilgan. 2025-yilda davlat dasturi asosida maktabni kengaytirish va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida 3 170 612 210,15 so‘m mablag‘ ajratildi.

Ajratilgan mablag‘lar doirasida pudratchi — “ZOIR-FAZLI SAVDO BARAKA” X/K tomonidan qo‘shimcha 330 o‘rinli yangi bino qurib bitkazildi.

Tashrif davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan talablar asosida olib borilishi hamda yakuniy natijaning puxta bo‘lishiga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4