Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Mamanova Karomat Suvonobod mahallasi aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammo — ichki kanal holatini o‘rganish maqsadida hududga tashrif buyurdi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, mazkur kanalning tozalanmaganligi va texnik holatining yomonlashgani tufayli suv oqimi sekinlashgan, ayrim joylarda esa to‘planib qolish holatlari yuzaga kelgan. Bu esa aholi uchun noqulayliklar tug‘dirib, sanitariya holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Deputat Karomat Mamanova hududda yashovchi fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 6