Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Deputat yoshlar bilan uchrashib, agrobiznes yo‘nalishida muhim tavsiyalar berdi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi raisi, deputat Suvanqulov Shohhasan Paxtakor tuman 1-son texnikumi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarga agrobiznes sohasining bugungi kundagi ahamiyati, ushbu yo‘nalishda mavjud imkoniyatlar hamda ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.

Deputat o‘z so‘zida qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish tarmoqlarida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash, innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda bozor talablariga mos mahsulot yetishtirish muhimligini ta’kidladi. 

Mazkur muloqot yoshlarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni tadbirkorlik ruhida tarbiyalash hamda bandligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 4