Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining VII-Chaqiriq 18-sessiyasi
янв.21
⚡️ FARZANDLARIMIZNING AXBOROT XAVFSIZLIGI — DOLZARB VAZIFA
янв.21
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛣 Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda.
янв.21
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
янв.21
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
янв.21
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🏟 Sport sohasidagi islohotlar va yangi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Katta Oqtepa mahallasida sayyor uchrashuv

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Katta Oqtepa mahallasida sayyor uchrashuv

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Aziz Ibragimov va Husniddin Ergashev Shayxontohur tumanidagi Katta Oqtepa mahallasi fuqarolari hamda tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda o‘tkazilgan sayyor uchrashuvda faol ishtirok etdilar. Mazkur uchrashuv davomida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot olib borilib, hududdagi dolzarb muammolar atroflicha muhokama qilindi. Uch soatdan ortiq davom etgan uchrashuvda infratuzilma, ijtimoiy soha va aholi turmush sharoitlariga oid masalalar tinglanib, ularning har biri tegishli tartibda qayd etildi.

📝 Xususan, hududdagi ko‘prik bilan bog‘liq muammolar, ichki yo‘llar holati, tungi yoritish, kommunal xizmatlar sifati, elektr, gaz va suv ta’minoti kabi masalalar ko‘tarildi. Shuningdek, yoshlar bandligi, tibbiy xizmat sifati, sport inshootlari holati, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoya, xotin-qizlar faolligi, soliq intizomi, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, bozorlardagi narx-navolar, jamoat transporti harakati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar, madaniyat va davlat xizmatlari sifati, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda investitsiya va bandlik masalalari ham kompleks tarzda o‘rganildi.

📁 Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi. Ta’kidlash joizki, mazkur sayyor uchrashuv fuqarolar murojaatlarini bevosita joyida eshitish, ularning muammolariga yechim topish hamda aholi va davlat organlari o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)

Slide 1 of 3