Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ЕСАБАТЫ.
янв.21
Мәмлекетимиздиң тынышлығы халқымыздың келешеги
янв.21
Парламентлераралық бирге ислесиўши мәмлекетлер саны көбеймекте
янв.21
ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН МЎЛ ҲОСИЛ ОЛИШГА ЭРИШИНГ!
янв.21
ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЛДИ
янв.21
ҮГИТ-НӘСИЯТ ИЛӘЖЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ.
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫН КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
ДЕПУТАТ ТӘРЕПИНЕН ПРЕЗИДЕНТ МҮРӘЖАТЫНЫҢ МАЗМУНЫ КЕҢ ЖӘМИЙЧИЛИККЕ ЖЕТКЕРИЎ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
TARG‘IBOT-TASHVIQOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI KEGEYLI RAYONLIQ KEŃESINIŃ BASLIǴI SAYLANDI
Deputat axborot berdi

Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga axborot berish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 22-Shampan saylov okrugidan saylangan deputat Abdullayev Abdulatif Abdumavlon o`g`li tomonidan Parkent tumani “Qizilsoy” MFY da o`z saylovchlariga joriy yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Deputat tomonidan aholining murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi, fuqarolar yig‘ini saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli Qarori ijrosiga asosan “mahalla yettiligi” bilan bevosita hamkorlik yo`lga qo`yilganligi taʼkidlandi. Axborot yakunida saylovchilar tomonidan hududdagi yechimi topilmayotgan dolzarb muammolar bayon etilib mahalla faollari bilan kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. 

Slide 1 of 6