Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashiga 36-Ma'rifat saylov okrugidan saylangan deputat D.Umerova hamda Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputatlari Y.Samatov, G.Boymirzayevalar Yangiyer shahar “Ma'rifat” mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashib, o‘tgan chorakdagi faoliyatlari yuzasidan hisobot berishdi.
Deputatlar mahalla infratuzilmasidagi muammolar jumladan elektr simyog’ochlarini yangilash, ichki yo’llarni shag’allashtirish, xonadonlarni oqar suv bilan ta’minlash va boshqa shu kabi masalalarni hal etish bo’yicha o’tgan chorak mobaynida amalga oshirilgan ishglari bo’yicha saylovchilarga hisobot berdilar.