#24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_nazorati_Uchtepa
25-OILAVIY POLIKLINIKADA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI ÖRGANILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengashi deputati Şaxnoza Tursunova tomonidan tumandagi 25-oilaviy poliklinikada kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan örganiş işlari olib borildi.
📂 Örganiş mahalliy Kengaş deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi ijrosi doirasida taşkil etilib, unda isitiş tizimining holati hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining mavsumga tayyorligi közdan keçirildi.
🕯 Jumladan, poliklinikaning markazlaşgan isitiş tizimiga ulanganligi, tuman issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan zamonaviy rusumdagi issiqlik hisoblagiçlari örnatilgani, yertöla va çordoq qismlarining holati hamda kuz-qiş mavsumida foydalaniladigan texnik vositalarning şayligi örganildi.
💹 Örganiş natijasida poliklinikaning isitiş tizimi va tegişli infratuzilmasining mavsumga tayyorgarlik holati közdan keçirilib, mazkur masalalar deputatlik nazorati doirasida ekanligi qayd etildi.
📈 Bunday örganişlardan asosiy maqsad — kuz-qiş mavsumini barqaror ötkaziş, tibbiyot muassasasida qulay harorat şaroitini ta’minlaş hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş uçun zarur şaroitlarni yaratişdan iborat.