Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейли ХДП: Партия искерлиги ҳәм депутатлардың жумыслары талқыланды
янв.21
УШЫРАСЫЎЛАР ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KEGEYLI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
BAYRAM ARAFASIDA MADANIY MEROS OBYEKTLARI TOZALANDI
янв.21
БАЙРАМ МЕНЕН ҚУТЛЫҚЛАДЫ
янв.21
KEGEYLIDE NAWRÍZ BAYRAMÍ TAMAShALARÍ DAWAM ETPEKTE.
янв.21
КЕГЕЙЛИ ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ ФЕРМЕР ХЎЖАЛИКЛАРИГА М У Р О Ж А А Т И
янв.21
КЕГЕЙЛИДА НАВРЎЗ БАЙРАМИ БОШЛАНИБ КЕТДИ.
янв.21
ДЕПУТАТЛЫҚ ТОПАР МӘЖЛИСИ БОЛЫП ӨТТИ.
янв.21
#Qr XALÍQ DEPUTATLARÍ KEGEYLI RAYONLÍQ KEŃESINIŃ GEZEKTEGI ALTÍNShÍ SESSIYASÍ BOLÍP ÓTTI
Talabalarning huquqiy ong va huquqiy madaniyati mustahkamlandi.

 “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Urganch shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati R.Baltayevning tashabbusi bilan Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universitetining Texnika fakulteti va bir qator mas’ul tashkilotlar hamkorligida, mazkur oliy ta’limda "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirga Din ishlari bo‘yicha ko‘mitaning hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Muyassar Masharipova, Urganch shahri IIO FIB XPB xotin-qizlar masalalari kapitan Zuxra Tillaboyeva, partiya faollari, deputatlari, mazkur oliy ta’lim muassasasi pedagog xodimlari hamda talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - jamiyatda, ayniqsa yoshlar orasida zo‘ravonlik, tazyiq va diskriminatsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishdir.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 3-sonli qarori mazmun-mohiyati, jamiyatdagi ahamiyati va hayotga samarali tatbiq etilayotgani haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Slide 1 of 1