Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
YOSHLAR BILAN “MA’RIFAT DARSI” O‘TKAZILDI

#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️YOSHLAR BILAN “MA’RIFAT DARSI” O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Jamila Shermuhammedova hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvarxon Irgashev boshchiligida Yoshlar maslahat guruhi a’zolari Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar.

🔺 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida o‘tkazilgan “Ma’rifat darsi” talaba-yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, tarixiy xotirasini mustahkamlash hamda ularda Vatanga daxldorlik tuyg‘usini yanada yuksaltirishga qaratildi.

🎙 Tadbirda deputat Jamila Shermuhammedova “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” mavzusida ma’ruza qildi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan ustuvor g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati keng yoritildi.

📖 “Ma’rifat darsi” davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar, bugungi taraqqiyot va bunyodkorlik jarayonlari, milliy qadriyatlar hamda yoshlarning Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi o‘rni haqida fikr yuritildi.

📉 Shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim, madaniyat va sport sohalaridagi imkoniyatlarni kengaytirish, kutubxonalar faoliyatini rivojlantirish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvarxon Irgashev talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, guruhning maqsad va vazifalari, yoshlarning taklif hamda tashabbuslarini mahalliy Kengash faoliyatiga olib kirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Talabalar faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirildi.

💬 Samimiy muloqot jarayonida talaba-yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

✨ Mazmunli ruhda o‘tgan tadbir yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, bilim olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash hamda Vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10