#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #partiya_guruhlari
BOLAJONLAR E’TIBORI VA TA’LIM-TARBIYA JARAYONI DEPUTAT NAZORATIDA
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi "Adolat" SDP deputatlik guruhi a'zosi, "6-Xondamir" saylov okrugi deputati Azizov Kamolitdin Tulyaganovich tomonidan Sharq yulduzi mahallasida joylashgan 186-sonli “Yulduzcha” davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
📇 O‘rganish davomida deputat mahalla faollari, Nuroniylar kengashi raisi, mahalla raisi, shuningdek, muassasa mudirasi va tarbiyachilar bilan uchrashib, maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.
🧠 Deputat tomonidan muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni doimiy ravishda yaxshilab borish, ularning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiluvchi muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📈 Bunday uchrashuvlar deputatning saylovchilar, mahalla faollari hamda ijtimoiy soha vakillari bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish, hududdagi mavjud masalalarni o‘rganish va ularni deputatlik faoliyati doirasida nazoratga olishda muhim ahamiyat kasb etadi.