Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi!
Saylovchilar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini bevosita eshitish hamda ijtimoiy-hayotiy masalalariga qonuniy va amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining eng ustuvor burchidir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 14-“Tuproqqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati D.Toshboyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar o‘z okrugiga qarashli “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida bo‘lib, aholi uchun navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdilar.

Ochiq muloqot tarzida kechgan qabul davomida mahalla fuqarolari tomonidan o‘zlarini qiynab kelayotgan quyidagi muhim masalalar o‘rtaga tashlandi:

• Bandlikni ta’minlash: Vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha munosib ish o‘rinlariga joylashtirish hamda zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish;

• Imtiyozli kreditlar ajratish: Oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat boshlash uchun banklardan imtiyozli kreditlar olishda amaliy ko‘maklashish;

• Uy-joy masalalari: Yashash sharoitini yaxshilash, subsidiya asosida uy-joy olish tartibi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turar-joy muammolari.

Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat sinchkovlik bilan tinglandi:

- fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida zarur huquqiy va uslubiy tushuntirishlar berildi;

- qo‘shimcha o‘rganish va mutasaddi idoralar aralashuvini talab qiladigan murojaatlar deputatning shaxsiy murojaat daftariga qayd etildi;

- muammolarni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

"Saylovchilarimiz tomonidan bildirilayotgan har bir murojaat ortida inson taqdiri va oilalar farovonligi turibdi. Bandlik, imtiyozli kredit va uy-joy masalalari aholimizning eng hayotiy ehtiyojlaridir. Biz deputat sifatida mas'ul idoralar bilan birgalikda har bir murojaatga amaliy natija bilan javob berishga harakat qilamiz," — deya ta'kidladi deputat.
Slide 1 of 2