Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tumanning “Aydarali” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli G.Suyerova ish faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida mahallada istiqomat qilayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy holati, ehtiyojlari va muammolarini aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Xotin-qizlar faoli tomonidan xonadonbay o‘rganishlar asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz, og‘ir vaziyatga tushib qolgan hamda qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezayotgan xotin-qizlar bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.

🔻Xususan, “Ayollar daftari” bilan ishlash, unga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xotin-qizlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga ijtimoiy, huquqiy va boshqa zarur ko‘maklarni manzilli yetkazish muhimligi ta’kidlandi.

🔻Shuningdek, ishsiz xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va daromad manbaini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va boshqa mavjud imkoniyatlar haqida tushuntirish berish, biznes faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

🔻O‘rganish yakunida xotin-qizlar faoliga aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ishsiz xotin-qizlarni daromadli mehnatga jalb qilish, “Ayollar daftari” bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda ularning murojaatlarini nazoratga olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1