Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda

Deputatlik nazorati — davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning amalda va sifatli bajarilishini ta’minlashning muhim vositasidir.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dilmurod Sherboyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B. Xoliqov hamkorligida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-“Navbahor” saylov okrugidan saylangan deputat A. Suvanov saylov okrugiga qarashli “Tong yulduzi” mahallasida davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarini deputatlik nazorati tartibida o‘rgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori asosida tumandagi og‘ir toifadagi mahallalarda aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
“Tong yulduzi” mahallasida:
✅ 150 kVt quvvatli artezian qudug‘i uchun quyosh panellari o‘rnatish;
✅ 1,9 km ichki yo‘lni asfaltlash;
✅ 3,5 km piyodalar yo‘lagi barpo etish ishlari belgilangan.

🔎 Deputatlik nazorati davomida loyihalarning borishi, ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda yakuniy natijaning aholi manfaatlariga mosligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Ayni paytda artezian qudug‘ini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun quyosh panellarini o‘rnatish ishlari yakunlangan bo‘lib, elektr ta’minotiga ulashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Shuningdek, qolgan ishlarni ham belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va loyihalarning amaliy samarasini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Natijada mahallada ichimlik suvi ta’minoti barqarorlashishi, ichki yo‘llar va piyodalar infratuzilmasi yaxshilanishi, aholi uchun yanada qulay yashash sharoitlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 4