Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
TA’LIM SIFATI VA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLAR E’TIBORDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov deputat M.Abdurahmonova va deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 25-Orolbo‘yi saylov okrugi hududidagi Orolbo‘yi mahallasida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida deputatga biriktirilgan loyiha oʻrganish doirasida ushbu mahalladagi “GENUS LAND” xususiy maktabi faoliyati, uning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Ayni paytda maktabda 600 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lib, 30 ta sinf faoliyat yuritadi. Ta’lim jarayoniga 120 nafar o‘qituvchi jalb etilgan. Maktab direktori Jamoliddin Madrahimov boshchiligidagi jamoa tomonidan filologiya, tillar va tibbiyot yo‘nalishlarida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur o‘rganish ishlari 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablari, shuningdek, o‘quvchilar hayoti va salomatligi uchun xavfsiz hamda munosib ta’lim sharoitlarini yaratish tamoyillaridan kelib chiqqan holda olib borildi.

Ta’lim bilan bir qatorda, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini kuchaytirish ham muassasa faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etildi.

O‘rganish jarayonida maktab direktori tomonidan maktab binosi joylashgan hududga yo‘l chirog‘i o‘rnatish masalasida deputatga murojaat qilindi. Mazkur murojaat deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etilib, masalani mutaxassislar ishtirokida o‘rganish va tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Bunday deputatlik o‘rganishlari hududlarda mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqib aniqlash, aholining murojaatlarini tinglash hamda ularni amaliy hal etishga qaratilgan deputatlik nazoratining muhim shakllaridan biridir.

Slide 1 of 9