Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan

DOYIMIY KOMISSIYA YIG'ILISHI O'TKAZILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Tumanda “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish bo‘yicha individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari ishtirok etib, “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha individual dasturlarda belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Angor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Muqaddas Normurodovaning hisoboti doimiy komissiyada tinglandi. Hisobot davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularga ijtimoiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar muhokama qilinib, belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida mazkur masalani navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqishga tayyorlash yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi.

Slide 1 of 2