Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI ORZULAR VA ULKAN MAQSADLAR SARI!

#bilimlar_kuni #Uchtepa_deputatlari #tabrik

BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI ORZULAR VA ULKAN MAQSADLAR SARI!

🎓 Tumandagi 193-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Xudayberganov Avaz Abrorovich ishtirok etib, maktab jamoasi, o‘quvchilar va ustozlarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi.

🎙 A.Xudayberganov o‘z nutqida bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

⬆️ Deputat o‘z so‘zida yosh avlodning har tomonlama bilimli, vatanparvar, mustaqil fikrlaydigan va zamonaviy dunyoqarashga ega insonlar bo‘lib voyaga yetishi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili ekanini ta’kidladi.

🫥 Shuningdek, o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida a’lo baholar, yangi bilim va yutuqlar, ustozlarga esa sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

💹 Tadbir davomida maktabning ilk bor bilim olamiga qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilariga alohida e’tibor qaratilib, ular uchun “Birinchi qo‘ng‘iroq”ning hayajonli va unutilmas lahzalari muhrlandi.

🎉 Bayram tadbiri o‘quvchilarning she’rlari, kuy-qo‘shiqlari va turli sahna chiqishlari bilan yanada ko‘tarinki ruhda davom etdi. Yangi o‘quv yili barchaga yangi bilimlar, ezgu maqsadlar, katta marralar va yorqin g‘alabalar olib kelsin!

🔔 Birinchi qo‘ng‘iroq sadosi — kelajak sari tashlangan ilk qadamlar ramzi bo‘lsin!

Slide 1 of 7