Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
#munosabat

➡️Kecha Yangi Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘zining ko‘lami, mazmun-mohiyati va yuksak badiiy saviyasi bilan ajralib turgan ushbu tantana yurtimiz ahliga unutilmas taassurotlar ulashdi.
➡️Bayram tadbiri davlat rahbarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali jonli efirda namoyish etildi. Bu esa tantanani nafaqat yurtimizda, balki xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz uchun ham bir vaqtning o‘zida kuzatish imkonini berdi.
➡️Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyevning bayram munosabati bilan so‘zlagan nutqi keng jamoatchilik e’tiborini tortdi. Davlat rahbari mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, o‘tgan 35 yillik taraqqiyot yo‘li, erishilgan yutuqlar hamda kelgusi maqsadlar haqida so‘z yuritdi.
➡️Tantanali marosimdagi sahna ko‘rinishlari, milliy musiqa va san’at namunalari, vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi. Internetda bayram dasturining mazmundorligi, sahna bezagi va yuksak saviyada tashkil etilgani haqida ko‘plab ijobiy fikrlar bildirildi.
➡️Darhaqiqat, bu yilgi Mustaqillik bayrami xalqimiz uchun alohida ahamiyat kasb etmoqda. Zero, 35 yil — tarix nuqtai nazaridan qisqa davr bo‘lsa-da, bu vaqt mobaynida mamlakatimiz ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Mustaqillik tufayli milliy qadriyatlarimiz, tilimiz, madaniyatimiz va tarixiy merosimizga bo‘lgan e’tibor yanada yuksaldi.
➡️Prezident o‘z nutqining yakunida xalqimizni yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va buyuk kelajakni birgalikda barpo etishga chaqirib, “Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!” deya o‘z murojaatini yakunladi. Bu so‘zlar bayramning asosiy g‘oyasi — Vatanga muhabbat, xalq birdamligi va kelajakka ishonchning yorqin ifodasi bo‘ldi.
➡️Ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan ham ko‘rinib turibdiki, bu yilgi Mustaqillik tantanasi nafaqat tomoshabopligi, balki o‘zining chuqur ma’naviy mazmuni bilan ham ko‘pchilik qalbidan joy oldi.
➡️Mustaqillik — bu shunchaki sana emas. U xalqimizning erkinligi, tinchligi, milliy g‘ururi va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqining timsolidir. Shu bois 35 yillik qutlug‘ tantana har bir yurtdoshimiz qalbida Vatanga bo‘lgan iftixor tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
Yashasin mustaqil va ozod O‘zbekiston!
Yashasin tinchliksevar va bunyodkor O‘zbekiston xalqi!