35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
Oilaviy poliklinika faoliyati va uning bepul dorilar bilan ta’minlanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Y.Xolmurotov tomonidan tumanning “Dumaloq” mahallasida joylashgan 12-sonli oilaviy poliklinikada bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda aholini dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida poliklinikaga murojaat qilayotgan fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, bemorlarni qabul qilish xonalarining holati, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda tibbiy xodimlarning fuqarolar bilan ishlash jarayoniga e’tibor qaratildi. Shuningdek, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, bemorlarni o‘z vaqtida qabul qilish va zarur tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Poliklinikada bemorlar uchun kutish joylari, qabul xonalari va boshqa zarur xonalardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

🔻O‘rganishning muhim yo‘nalishlaridan biri aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati bo‘ldi. Mas’ul xodimlar bilan suhbat davomida imtiyozli va belgilangan tartibda bepul beriladigan dori vositalari zaxirasi, ularni saqlash sharoitlari, bemorlarga yetkazib berish va hisobini yuritish jarayonlari haqida ma’lumotlar olindi.

🔻Deputat tomonidan dori vositalarining mavjudligi, ularning saqlanishi va aholiga belgilangan tartibda yetkazib berilishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Bemorlar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun zarur dori vositalari o‘z vaqtida va belgilangan tartib asosida taqdim etilishi muhimligi qayd etildi.

🔻Shu bilan birga, tibbiy muassasada bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni doimiy ravishda yaxshilab borish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5