35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
янв.21
KEGEYLIDEN AWǴANSTAN RESPUBLIKASÍNA EKSPORT JOLǴA QOYÍLDÍ.
Mustaqillik — milliy g‘ururimiz, buyuk kelajagimiz poydevori

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi — xalqimizning asriy orzu-intilishlari, milliy g‘ururi va Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbatini o‘zida mujassam etgan ulug‘ ayyomdir. Bu sana qalblarimizda ozod va erkin hayot, tinchlik-osoyishtalik hamda yurtimizning yorug‘ kelajagiga bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
🌏Mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab, barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirdi. Eng muhimi, inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash, xalq farovonligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bugun yurtimizning har bir go‘shasida, jumladan, Jondor tumanida ham bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Yangi inshootlar qad rostlab, mahallalar qiyofasi yangilanib, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌏Mustaqillik bizga nafaqat erkin va farovon hayot qurish imkonini, balki Vatan taqdiriga daxldorlik, xalq manfaatiga xizmat qilishdek yuksak mas’uliyatni ham berdi. Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari ana shu mas’uliyatni chuqur his etgan holda, fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hududni yanada obod va farovon etish yo‘lida bundan buyon ham faol mehnat qiladi.
🌏Zero, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi — barchamizning mushtarak maqsadimiz. Mustaqillikning qadriga yetish, uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yanada obod, tinch va farovon Vatan qoldirish har birimizning sharafli burchimizdir.
🌏Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
🌏Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz fayz-u barakaga to‘la bo‘lsin! Har bir oilada mehr-oqibat, farovonlik va quvonch hukm sursin. Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yanada yuksak bo‘lsin!

L.Behbudova
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi