Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Кегейли тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг МУРОЖААТИ
Eshonguzar ko‘chasidagi yo‘l ta’miri va mavjud muammolar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 21-B. Marg‘iloniy saylov okrugi deputati R.Alijonova hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan Yangi bogʻ MFY hududidagi Eshonguzar ko‘chasida navbatdagi nazorat-tahlil ishlari olib borildi.

O‘rganishdan asosiy maqsad Marg‘ilon shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori ijrosini joyiga chiqqan holda tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

Nazorat davomida Eshonguzar ko‘chasining 2,4 kilometr uzunlikdagi yo‘l qismini joriy ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 7 milliard 210 million so‘mni tashkil etadi. Mahalla raisi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi hamda hudud aholisi uchun yaratilayotgan sharoitlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida ko‘cha bo‘yida o‘rnatilgan beton lotoklarning xonadonlarga kirish joylarigina usti yopilib, boshqa qismida esa ochiq holatda qolayotgani bu esa ko‘chaning nisbatan torligi va transport hamda piyodalar qatnovining yuqoriligi sababli mazkur holat fuqarolarning e’tiroz va murojaatlariga sabab bo‘layotgani bildirildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan mazkur murojaat deputatning “Ko‘cha aylanish daftari”ga belgilangan tartibda qayd etildi. Muammoni tegishli mutaxassislar ishtirokida batafsil o‘rganish hamda uning yechimi bo‘yicha amaliy choralar belgilash vazifasi nazoratga olindi.

Deputatlik nazoratining bunday shakli hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalarining sifatini baholash bilan bir qatorda, fuqarolar murojaatlarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Eng muhimi, nazorat-tahlil ishlari davomida aniqlangan har bir muammo mas’ullar e’tiboriga havola etilib, ularning ijrosi deputatlik nazorati ostida davom ettiriladi.

Slide 1 of 7