Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 7-“Xisarak” saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani Axborot-kutubxona markazi faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining ijrosi o‘rganildi.O‘rganish maxsus savolnoma asosida tashkil etilib, unda markazning bugungi holati, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mavjud kitob fondi,kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda Qonunda belgilangantalablarning amaliyotga joriy etilishi yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi.Savolnoma asosida o‘rganish davomida kitob fondining shakllantirilishi va yangilanib borishi, aholining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, elektron axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, kitobxonlar murojaatlari bilan ishlash hamda xizmatlar sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish natijalariga ko‘ra, kutubxonaning umumiy kitob fondi 52 967 ta kitobni tashkil etishi, shundan 39 216 tasi aholi va yoshlar tomonidan ko‘proq mutolaa qilinadigan badiiy adabiyotlar ekani aniqlandi. Mavjud fondning saqlanishi, undan kitobxonlarning foydalanish imkoniyatlari va uni kelgusida yanada boyitish masalalari ham ko‘rib chiqildi.Shuningdek, savolnoma orqali Qonun talablarining ijrosi yuzasidan aniqlangan holatlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari o‘rganilib, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarning fikr va takliflari tinglandi.O‘rganish yakunida “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosini yanada kuchaytirish, kitob fondini boyitish, yoshlarning mutolaaga qiziqishini oshirish hamda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 3