Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кегейлида замонавий аграр тажриба — янги имкониятлар мезони
янв.21
Инсон хотирасига эҳтиром — юксак қадрият
янв.21
Самарканд қаласындағы Парламентлераралық Аўқамның XII Жас парламент ағзалары пүткил жер жүзилик конференциясы өз жумысын баслады.
янв.21
Байрам қутлықлаўы
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФЕРМЕРЛАРИ КЕНГАШИНИНГ “ДАЛА МАДАНИЯТИ – ФЕРМЕР МАЖБУРИЯТИ” АСОСИДА ДАЛА ЧЕТЛАРИГА ЧОРВАЧИЛИК МАЖМУАЛАРИНИ ҚУРИЛИШИ ЮЗАСИДАН МУРОЖААТИ
янв.21
Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Kegeyli tumani boʻlimi boshligʻining Kegeyli tumani aholisiga murojaat
янв.21
ПАХТАГА ҚЎШИМЧА ИШЛОВ БЕРИНГ ВА ҲОСИЛИНГИЗГА ҲОСИЛ ҚЎШИНГ!
янв.21
ЯЛПИ МАЖЛИСИДА ЭНГ МУҲУМ ИЖТИМОИЙ МАСАЛАЛАР КЎРИБ ЧИҚИЛДИ.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
Mustaqilligimizning 35 yilligi — faxr va iftixorimiz

 Mustaqilligimizning 35 yilligi — faxr va iftixorimiz

✅ O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli bayramlardan biridir. Mustaqillik — xalqimizning erkin va farovon hayot sari dadil qadam tashlashiga, o‘z milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analarini asrab-avaylashiga keng imkoniyat yaratgan buyuk ne’matdir.

✅ Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, inson qadri va manfaatlarini ta’minlash, aholining turmush farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun yurtimizning barcha hududlarida bunyodkorlik ishlari izchil davom etib, zamonaviy infratuzilma barpo etilmoqda.

✅ Tinchlik va osoyishtalik — eng katta boyligimiz. Yurtimizdagi barqarorlik, millatlararo totuvlik va hamjihatlik xalqimizning kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

✅ Ayniqsa, yosh avlod uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar mustaqil O‘zbekistonning yorqin kelajagiga xizmat qilmoqda.

✅ Biz, xalq deputatlari sifatida, xalq bilan doimiy muloqotda bo‘lib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududlar rivojiga munosib hissa qo‘shishni muhim vazifamiz deb bilamiz.

✅ Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka va farovonlik tilayman

Slide 1 of 1